Paxtachilik giyohvand ayol ozodlikdan mahrum qilindi
Paxtachilik G.H. joriy yil may oyining oxirlarida taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda yetishtirish maqsadida tumanning Bodoy mahallasida joylashgan yashash uyidagi gul tuvakka tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “kannabis” o‘simligi urug‘larini ekib yetishtirayotgan.
Ushbu giyohvandlik o‘simligining quritilgan barglarini o‘zining iste’moli uchun yashash uyida saqlab kelgan va 18 avgust kuni giyohvandlik vositasining bir qismini qog‘oz bo‘lagiga solib, o‘zi bilan olib ketayotganda Navoiy viloyati Navbahor tumanining Paxtakor mahallasi hududida joylashgan YPX postiga kelgan vaqtida IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi Konimex tumanlararo bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tezkor profilaktik tadbiri davomida ushlangan. Uning yuklari ko‘zdan kechirilganda sumka ichida og‘irligi 3,33 grammga teng bo‘lgan giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Tezkor suhbatlar davomida u o‘zi tomonidan ekib yetishtirilgan va kelgusida o‘zining iste’mol uchun quritib, qog‘oz bo‘lagiga solib olib qo‘yilgan og‘irligi 3,20 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini o‘zining vaqtincha ijarada yashab kelayotgan Navoiy shahri Sputnik qo‘rg‘onidagi xonadonida IIB xodimlariga taqdim etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tumani sudi sud ishi hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, G.H.ga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
N.ShODIYeVA,
jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi bosh mutaxassisi.