Payariqda 523,8 million so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari sotayotgan savdo do‘koni fosh etildi

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Payariq tumanidagi “B.S.” MChJ rahbari B.N. “Go‘zal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 523,8 million so‘mlik qalbaki aksiz markali 4086 dona alkogol va 16 065 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.