Payariqda fuqaro o‘z ixtiyori bilan giyohvandlik vositalarini IIBga topshirdi

Tekshiruv davomida u og‘ilda buyi 1 metrdan 1,65 metrgacha bo‘lgan 1 800 tup ko‘knori va 20 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.
K.M.S. bilan qo‘shimcha tushintirish ishlari olib borilganida, u uyidan o‘z ixtiyori bilan 3 dona paket ichiga solingan marixuana va boshqa turdagi giyohvand moddasini olib chiqib IIB xodimlariga taqdim qilgan.  

To‘plangan hujjatlar Payariq tumani IIBga topshirilib, tuman TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirgi kunda tergov harakati olib borilmoqda.