Payariqdagi qurilish ishlari holati o‘rganildi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hududida joylashgan mahallalarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 sentyabrdagi “Payariq tumani Xo‘ja Ismoil shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ushbu shaharchaning arxitektura va me’moriy qiyofasi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish borasida qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari bilan o‘tgan o‘rganishda viloyat rahbari hududda boshlangan ishlar qay darajada ketayotganligi bilan yaqindan tanishdi. Hududlar bo‘ylab davom etgan tanishish jarayonida yangi qurilish ob’yektlari uchun tanlangan joylar ham ko‘zdan kechirildi. Jarayonda viloyat hokimi ishlarni tez va sifatli bajarish, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berdi.