Pokiston 520 dan ortiq Afg‘oniston fuqarosini qamoqdan ozod qildi
- 08.01.2023 11:57
- 21
- Xorij

Afg‘onistonning Pokistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston hukumati 520 dan ortiq afg‘on fuqarosini, jumladan, salkam 100 nafar bolani qamoqdan ozod qilgan.
“Afg‘onistonning Islomoboddagi elchixonasi va mamlakatning Karachidagi bosh konsulligining sa’y-harakatlari natijasida 524 nafar afg‘onistonlik qamoqxonalardan ozod etildi, ulardan 54 nafari ayol va 97 nafari bolalar”, deyiladi elchixona xabarida.
Qayd etilishicha, mahbuslar uchun transport, oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun barcha xarajatlar Afg‘oniston elchixonasi va konsulligi tomonidan to‘lanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton
- 1 soat avval
- Jamiyat
Kelajak bunyodkori bo‘lish – yuksak burchim
- 2 soat avval
- Samarqand