Pokistonda ikkita terakt sodir bo‘ldi, ko‘plab qurbonlar bor

Pokistonning Balujiston viloyatidagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ziyod odam jarohatlangan. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib The Dawn nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, portlash Mastung shahrida aholi Mavlidni nishonlash uchun namozga yig‘ilayotganda sodir bo‘lgan. Hujumni xudkush-terrorchi amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.

Keyinroq mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xangu shahri yana bir portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi nashr mahalliy politsiyaga tayanib. Portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Qulagan bino vayronalari ostida 30-40 kishi bo‘lishi mumkin.

Portlash yuz bergan shaharlardagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalari uchun favqulodda holat e’lon qilgan.

Sentyabr boshida xuddi shu hududdagi portlashda kamida 11 kishi jarohatlangan edi.