Pokiston Hindiston bilan yadroviy mojaro xavfidan ogohlantirmoqda. Trampning maxsus vakili Moskvada. «Qrim Rossiyaning bir qismi bo‘lib qoladi”

🔹 Hindiston barcha Pokiston fuqarolarini o‘z vataniga deportatsiya qilmoqchi. Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyat o‘tgan haftada keskinlasha boshladi. Bunga Hindiston mintaqasida 26 nafar sayyoh halok bo‘lgan terakt sabab bo‘lgan. Nyu-Dehli tergov tugashini kutmasdan Pokistonni aybladi. Bunga javoban Pokiston qurolli kuchlarini shay holatga keltirdi, barcha savdo-sotiq va Hindiston aviakompaniyalari uchun havo hududini to‘liq yopdi. Kecha kechqurun Hindiston va Pokiston qo‘shinlari nazorat chizig‘i bo‘ylab o‘q uzilgan. Pokiston mudofaa vaziri Hindiston bilan ziddiyatda yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqida gapirdi.

🔹 Trampning maxsus vakili Stiven Vitkoff Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish shartlarini muhokama qilish uchun yana Rossiyaga uchib keldi. Putin vakilni Kremlda qabul qildi. Bu ularning to‘rtinchi uchrashuvi.

🔹 Tramp, agar Vashington Tehron bilan kelishuvga erisha olmasa, AQSh Isroilning Eronga hujumini qo‘llab-quvvatlashini istisno etmadi.

🔹 Donald Tramp o‘zining 100 kunlik prezidentligi arafasida Time jurnaliga intervyu berdi. Trampning aytishicha, urushni tartibga solish bo‘yicha kelishuvga ko‘ra Qrim “Rossiyaning bir qismi bo‘lib qoladi”. U Ukrainani Rossiya bilan urush (!) boshlaganlikda aybladi: bunga Ukrainani NATOga kirish haqida gap boshlagani sabab bo‘lgan. Avvalroq AQShning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha taklif loyihasi e’lon qilgan edi: unda Ukraina kemalari uchun Dnepr bo‘ylab to‘siqsiz o‘tishi, NATOga qo‘shilish istagidan voz kechishi, 2014 yildan buyon Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi qayd etilgan. Biroq, Yevropa va Ukraina bunday takliflarga rozi bo‘lmagan. Trampning rejasi Rossiya Ukraina hududining taxminan 20 foizini saqlab qolishini nazarda tutadi.

🔹 Istanbulda Turkiya va Rossiya o‘rtasida Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan maslahatlashuv boshlandi. Yig‘in yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda.

🔹 Qo‘shma Shtatlar 15 davlat bilan bojxona to‘lovlari bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. AQSh yuqori tariflarni joriy etish g‘oyasidan butunlay voz kechmasligi mumkinligini istisno qilinmaydi.

🔹 Isroilning Bayrut va janubiy Livanga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 492 kishiga yetgan, 1645 kishi jarohat oldi. Halok bo‘lganlar orasida 35 nafar bola va 58 nafar ayol bor.

🔹 Jumaga o‘tar kechasi Rossiyaning turli hududlarida Ukrainaning 80 ga yaqin dronlari urib tushirilgan.

🔹 Turkiya g‘arbida yana zilzilalar kuzatilmoqda. Avvalroq Turkiya parlamenti spikeri Numan Kurtulmush davlat idoralari va aholini kuchli zilzilaga tayyor bo‘lishga chaqirgandi.

🔹 Garvard universiteti o‘z aktivlarining 1 milliard dollarini sotish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda, chunki Tramp ma’muriyati milliardlab dollar mablag‘ni bloklamoqda. Tramp Garvardga siyosiy tashkilot sifatida qarash va universitetni soliqdan ozod maqomidan mahrum etishni taklif qildi.

🔹Moskva yaqinidagi Balashixada avtomobil portlashi oqibatida Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general Yaroslav Moskalik halok bo‘lgan.

G.Xoldorova tayyorladi.