Pokistonda mumiyolangan “topilma” hozirgi zamonga tegishli bo‘lib chiqdi
Pokiston, Afg‘oniston va Eron o‘rtasida qizg‘in diplomatik bahs paydo bo‘ldi. Pokiston politsiyasi tomonidan qadimgi buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yashirin savdogarning uyidan topilgan fors malikasi mumiyosi qaysi mamlakatga tegishli ekanligini aniqlashtirmoqda.
Mumiyo egasi uni xususiy xaridorga 35 millin funtga sotishga kelishgan. Eron Pokiston bilan chegarada zilziladan keyin topilgan malikani berishni talab qildi. Biroq artefakt Pokiston milliy muzeyi ko‘rgazmasiga qo‘yildi.
Ana shunda arxeologlar mumiyo dafnasi hozirgi zamonning ishi ekanligini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu hududda yashab o‘tgan birorta qadimiy qabilada o‘z marhumlarini mumiyolash odati bo‘lmagan. Qotillik qurboni bo‘lgan 21 yoshar hozirgi zamon ayoli qadim mumiyoga sira yaqin kelmasdi. Pokistonlik qadim buyumlar savdogari va uning oilasi qamoqqa olindi, deb xabar beradi «Mir novostey» (2020 yil, 19-son) haftanomasi.
T.ShOMURODOV tayyorladi.