Pokistonda Samarqand qog‘ozida bitilgan qur’on qo‘lyozmalari namoyish qilinmoqda
So‘nggi bir necha asr davomida nashr qilingan 100 ta qadimiy qo‘lyozmaning ayrimlari pergament qog‘ozida tayyorlangan bo‘lsa, yana ayrimlari bug‘u terisiga bitilgan.
Bir necha qadimiy qo‘yozmalar “silliq Samarqand ipak qog‘ozida” yozilgan, deya xabar beradi Kashmirmonitor.in.
Akademiya rahbari Muhammad Ashraf Kakning aytishicha, tadbirdan maqsad yo‘qolib borayotgan xattotlik san’atiga ommaning e’tiborini qaratishdan iborat.
Ko‘rgazmada qiziqarli nusxalarni ham uchratish mumkin. Masalan, ularning biri induist va musulmonlar bilan hamkorlikda yozilgan. Yana biri shafron qo‘shilgan oltin suvida bitilgan.