Poyabzal ichidagi pul

Bir olim shayx shogirdi bilan bog‘da sayr qilib yurgandi. Sayr asnosida eski poyabzalga duch kelishibdi. Ikkovlari bu poyabzal shu bog‘da ishlayotgan bir faqirga tegishli ekanini va u shu paytda ishini yakunlab poyabzalini olishga kelishini tushundi.

Shunda shogird ustozga debdi:

"Ustoz, hazil qilib bu ishchini poyabzalini yashirib qo‘ymaymizmi, uni olishga kelganida yo‘qolib qolganini ko‘rganda nima ish qilishini tomosha qilamiz".

Ustoz unga javob berdi:

"Boshqalarni g‘amga tushirish bilan ko‘ngilni ko‘tarmaslik lozim. Uning poyabzali ichiga naqd pul solib qo‘y, so‘ng yashirinamiz. Buni unga qanday ta’sir qilishini ko‘ramiz".

Shogird poyabzal ichiga pul solib qo‘ydi. Ikkovlari ishchining bunga munosabatini ko‘rish uchun daraxt ortiga yashirinishdi.

Birozdan keyin ishchi poyabzalini olish uchun keldi. Oyog‘ini suqqan edi, ichida nimadir borligini bildi. Uni chiqarib olib qarasa, naqd pullar.

U biroz pullarga tikilib turdi. Tush ko‘rmayotganini anglash uchun pulga qayta nazar soldi. Keyin har tomonga alanglab qaradi. So‘ng yig‘lagan holida osmonga nazar solib baland ovoz ila Robbiga munojot qildi:

"Ey Robbim! Senga shukrlarim bo‘lsin. Xotinimning betobligini va farzandlarim non topa olmayotganidan och qolganini bilding! Meni ham farzandlarimni ham halokatdan qutqarding..."

Shogird bundan qattiq ta’sirlanib ko‘ziga yosh oldi.

Shunda ustoz dedi:

"Endi uning poyabzalini yashirib qo‘yish taklifingdan ko‘ra o‘zingni ko‘proq baxtiyor sezmayapsanmi?!"

"Hech ham unutmaydigan dars oldim, - javob berdi shogird. - Ana endi, hayotimda men fahmlamayotgan ba’zi so‘zlarning ma’nosini anglab yetdim: sen berganingda olganingdan ko‘ra ko‘proq baxtli bo‘lasan".