Poytaxti yo‘q mamlakat
Buni qarangki, dunyoda go‘zal tabiatli mamlakat Shveysariyaning huquqiy jihatdan poytaxti yo‘q ekan. Buning siri shundaki, tarixan hukumat va parlament bu davlatda hech qachon bitta shaharda bo‘lmagan. 1848 yilgacha poytaxt «ko‘chma» bo‘lgan: hokimiyat organlari goh Syurixda, goh Lyuserneda, goh Badenda majlis o‘tkazishgan. Keyinchalik parlament «doimiy» poytaxt sifatida geografik jihatdan qulay bo‘lgan Bernni ta’sis etgan. Ammo konstitutsiyada poytaxt maqomi rasman paydo bo‘lmadi: gap shundaki, barcha hududlarda azaldan saqlanib kelgan odatga ko‘ra shaharlar teng huquqli sanaladi. Shveysariyaning o‘zi esa konfederatsiya hisoblanadi. Shu bois Bern poytaxt deb atalsada, shveysariyaliklar uni oddiy federal shahar deb ataydilar. Shveysariyada davlat tili ham har xil: ular to‘rtta deb yozadi, AiF (2020 y 23-son)
Rus qizlari nemislarni yaxshi ko‘radi
Negaki nemislar umr yo‘ldoshlariga juda sadoqatli bo‘lib, uy-ro‘zg‘or ishlari – ovqat pishirish, idish-tovoqni yuvish, supurish-sidirish, kir yuvish va hokazolarda xotinlariga yordam berar ekan.
Umuman, rus qizlari chet elliklarga turmushga chiqishni ma’qul ko‘rishadi, deb xabar beradi «Mir novostey» (2020 y 19-son).
Keyingi 15 yilda chet ellik bilan nikoh 10 baravar oshgan. Har oltinchi rus qizi chet el fuqarosiga turmushga chiqqan. MDHdan ukrainlar, ozarbayjonlar, moldavanlar birinchi o‘rinda. Uzoq xorijlik kuyovlar o‘rtasida esa nemislar va amerikaliklar yetakchi. To‘g‘ri, keyingi besh yil koreyslar va xitoyliklar ulardan o‘zib ketishga intilmoqda. Germaniyada chet ellik kelinlar o‘rtasida rossiyaliklar polshalik kelinlar bilan ikkinchi-uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi, birinchi o‘rinda turk kelinlar.
T.Murod tayyorladi.