Poytaxtlik 2 nafar shaxs firibgarlik qilib, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi
Ma’lum bo‘lishicha, ular Samarqand viloyatidagi QVP va poliklinikalarni joriy ta’mirlash uchun Hukumat qarorlari asosida byudjet mablag‘lari ajratilishini aytib, tanishlari orqali 34 mlrd so‘mlik pudrat shartnomasini tadbirkorga tegishli MChJga olib berishni va’da qilishgan. Keyinchalik esa mazkur pudrat shartnomasi qiymatidan 8 foizini ulush sifatida berishini talab qilishgan.
Shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Toshkent viloyati filiali boshlig‘i mazkur korxonaning hozirgi kunda vakant hisoblangan Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko‘maklashish evaziga fuqarodan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXX tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur rahbar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.