Prezident: "Hunarmandchilik, tikuvchilik, kosibchilik, qandolatchilik kabi loyihalarni mahallaning o‘zida kengaytirish kerak"

Shu munosabat bilan bir oy muddatda sanoat, hunarmandchilik va kasanachilik mikro markazlarini 700 ta ixtisoslashgan mahallada tashkil etish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Bu markazlarning 70 tasi ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda ochilishi zarur. Ushbu markazlardan 5 yil muddatda yer va mol-mulk solig‘i undirilmaydi.

Joriy yilda bu maqsadlarga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi, ushbu sanoat markazlari orqali 50 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

Yana bir masala – yil boshidan buyon hokim yordamchilari tomonidan 5 mingga yaqin bo‘sh binolar aniqlandi. Hokim yordamchilari aniqlagan bo‘sh bino-inshootlarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar ushbu mahallaning infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanishi belgilandi.

“Umuman, yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas”, dedi Prezident.