Prezident qarori: Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari bo‘yicha yangi tibbiyot markazi tashkil etiladi
“Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Unda:
- yurtimizda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish;
- “markaz – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (shahar) tibbiyot muassasalari” tizimi asosida ushbu markaz faoliyatini tashkil etish;
- ushbu yo‘nalishlarda tibbiy kadrlarni tayyorlash va ilm-fanni rivojlantirish;
- aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
- davlat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan.