Prezident: Samarqandda Sohibqiron Amir Temur bog‘lari qayta tiklanadi
Prezident muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishini e’lon qildi.
Innovatsion texnologiyalar asosida Tarix muzeyi hamda San’at muzeyining zamonaviy yangi binolari barpo etiladi, Temuriylar tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozitsiyasi yangilanadi, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi kapital ta’mirlanadi, - dedi Sh.Mirziyoyev. - Fransiya bilan hamkorlikda Milliy restavratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunga qadar xorijiy restavratorlar bilan birga 238 ta madaniy boylik restavratsiya qilindi.
Muqaddas kitob – Usmon Qur’oni sahifalari ham konservatsiya va restavratsiya qilinadi.
18 ta arxeologiya yodgorligi ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi. Shuningdek, Samarqandda Sohibqiron Amir Temur bog‘lari qayta tiklanadi, “Buyuk ipak yo‘li” muzeyi barpo etiladi va Bibixonim majmuasi restavratsiya qilinadi.