Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumani Motrid qo‘rg‘onida qad rostlagan ko‘p qavatli uylarni ko‘rdi

“O‘zbekiston-24” telekanali xabariga ko‘ra, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda Samarqand tumanidagi Motrid qo‘rg‘onida aholi hamda shahar ichki ishlar bo‘limi va harbiy xizmatchilar uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli uylar va bu yerda yaratilayotgan sharoitlar  bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbariga shu yerning o‘zida Samarqand shahrida quriladigan turar-joy hamda kommunal soha, infratuzilma ob’yektlarining loyiha ko‘rinishlari taqdim etildi.

Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz!