Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida videoselektor o‘tkazmoqda: “Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi?”
Ayni chog‘da Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Toshkent viloyat hokimiyati matbuot xizmati berayotgan ma’lumotga ko‘ra, yig‘ilish juda qattiq tanqidiy ruhda o‘tmoqda.
Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlandi... Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda...
Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidladi.
- Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik?
- Navoiy viloyati 100 foiz klasterga o‘tgan. Viloyatda qishloq xo‘jaligi juda tang ahvolda.
- Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2 yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi. Rahbar vatanparvar bo‘lishi kerak, xalqparvar bo‘lishi kerak! Qaysi biringlar xalqni yaxshi ko‘rasizlar?
- Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi.
- Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas.
- Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda?
- Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga obkelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q.
- Faqat qarsak, qarsak, ura-ura...
- Birorta shoir chiqmadi: Uyg‘onaylik endi, deb...
- Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!
- Men konstitutsiyaga ko‘ra, ularga chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin, men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!..
- Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak...
- Madaniyat va sport ishlari vazirligida 12 kishi ishlardi. Baxshilar yo‘q bo‘lib ketardi festival o‘tkazmaganimizda. Shahrisabzda maqom festivalini o‘tkazdik. San’atni sevaman, degan maqomni tinglashi kerak!
- Nima emish: baxshilarni to‘yga aytgani or qilarmish.
- Uyat! Uyat! Uyat!
- Ikkita ashula aytadi - xizmat kursatgan artist.
- O‘zining ma’rifati, ma’naviyati bilan xizmat ko‘rsatishi kerak...
- Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Bo‘ka...
- Aholi yashash sharoiti respublikaga nisbatan 3 baravar kam.
- Viloyatda 121 ming kishi ishsiz, 117 ming kishi xorijda - ishlagani ketgan, 137 ming yosh iqtisodiy og‘ir ahvolda.
- 117 ming kishi - xorijda. Shular bizdan rozimi? Onasi har kuni bolasini duo qilmagani uchun bizdan rozimi?
- Nuroniylar gapirmaydi. «Bag‘rikengmiz, bag‘rikengmiz...»
- Gapiringlar. Achchiq-achchiq qilib gapiringlar, – degan Prezident.
Yig‘ilishda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot Respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Quyi Chirchiq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.