Prezidentimiz bugun - 19 fevralda Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Davlatimiz rahbarining ushbu tashrifi davomida viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish ko‘zda tutilgan.

O‘zA.