Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutqi O‘zLiDeP elektorati orasida keng targ‘ib qilinmoqda

O‘zLiDePning Samarqand viloyati kengashining Samarqand tumanidagi “Istiqlol sho‘’lasi” fermer xo‘jaligida tashkil etgan galdagi tadbiri shu mavzuga qaratildi.

Unda xo‘jalik qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirokida Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muammo va masalalar haqida o‘zaro fikr almashildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida birinchi marta kambag‘allikni kamaytirish haqidagi qat’iy qaror e’lon qilingani e’tirof etildi. Hududda kambag‘allikning oldini olish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, investitsiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish bo‘yicha har bir tadbirkorlik sub’yekti harakat qilmog‘i zarurligi ta’kidlandi. Bu borada fermer xo‘jaligi imkoniyatlari mavjudligi aytildi.

O‘zLiDePning Samarqand viloyati kengashi axborot xizmati.