Prezidentning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlandi
100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlandi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jamiyat hayotini ijobiy tomonga o‘zgartira olgan tashabbuslar haqidagi fikrlarni o‘rganish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan ekspertlik so‘rovi o‘tkazildi.
Turli soha vakillaridan so‘nggi yillarda fuqarolar olqishiga sazovor bo‘lib, tarixiy ahamiyatga kasb etgan islohotlarni belgilash so‘raldi.
Natijada PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoYeVNING TARIXIY AHAMIYaTGA EGA BO‘LGAN ENG MUHIM TAShABBUSLARI TOP-10 taligi tuzildi.
Ekspertlar tomonidan eng muhim tashabbus deya, Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘rnatilgani e’tirof etildi.