Professordan hayot saboqlari 

 Hozir o‘zingizni anglab turibsizmi, shukur qiling. O‘tgan vaqtga pushaymon yemang. Vaqtni orqaga qaytarish imkoniyati yo‘q. Hozirdan boshlab ikki dunyo saodati uchun yashashni rejalashtiring. 

* Nima qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unga erishishni aynan shu damdan boshlang. Ertaga qilaman, deb bugunni orzu bilan o‘tkazib, eng qimmatli damni boy bermang. 

* Dunyoni anglashga harakat qiling. Buning uchun o‘qing. Har kuni bitta narsa bo‘lsa ham o‘rganing. O‘rganganingizga amal qilsangiz, rejalaringizni amalga oshirib boshlaysiz. 

* Biror xayrli ishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, hech mahal endi kech bo‘ldi demang. Sizga shu ishni bugun boshlashingiz kerak bo‘lgan. Buni unutmang. 

* Bir narsani o‘rganishga bugun ishtiyoq uyg‘ondi. Ammo bu katta mehnat talab qiladi. Aslo cho‘chimang, bundan qaytmang. Mashaqqatli mehnat vaqtincha. Agar o‘rganmasdan bilimsiz qolsangiz mashaqqat chekishingiz uzoq davom etadi, ammo ikki dunyoda ham yalchimaysiz. 

* Vaqt orqaga qaytmaydi, shu vaqtdagi imkoniyat boshqa vaqtda va boshqa joyda bo‘lmasligi mumkin. Hech mahal imkoniyatni boy bermang. 

Mamayunus Pardayev, 

iqtisodiyot fanlari doktori, professori.