Psixolog Deyl Karnegidan 20 maslahat

Yozuvchi, psixolog va o‘qituvchi Deyl Karnegi “Dunyoda yomon odamlar yo‘q” tamoyili asosida yashagan va ishlagan. Faqat ularga nisbatan munosabat orqali osongina o‘zgartirish mumkin bo‘lgan noxush holatlar mavjud. Shuning uchun ular tufayli boshqalarning hayoti va kayfiyatini buzmaslik lozim, deb ta’kidlagan.

Shuningdek, u o‘zining hech qanday mojarolarsiz va muvaffaqiyatli muloqotga oid konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning nazariyasini qo‘llab-quvvatlaydiganlar qatori ko‘plab qoralovchilar ham bor edi. Bir so‘z bilan aytganda, hech kim befarq qolmadi va uning maslahatlari chindan ham tinglashga arziydi:

1. Har bir kishi kuniga kamida besh daqiqa ahmoq bo‘ladi. Haqiqiy donolik bu oraliq chegarasidan oshmaslikda.

2. Mabodo taqdir tomonidan sizga limon tuhfa qilinsa, darhol shakar qo‘shib, undan limonad tayyorlang.

3. Boshqa odam nuqtai nazari bilan ish tutib ko‘ring va o‘zingizga emas, unga nima kerakligini tushunib oling. Shunday qila olsangiz, butun dunyo siz bilan bo‘ladi.

4. Doim band bo‘ling. Bu yer yuzidagi eng arzon va eng samarali doridir.
5. Birovni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, avval o‘zingizdan boshlang. Bu ham foydali, ham xavfsizdir.

6. Harakatlaringiz olib kelishi mumkin bo‘lgan mudhish oqibatlarni tasavvur qiling, ular bilan oldindan kelishib oling va niyatingizni o‘zgartiring!
7. Tabassum arzon vosita, lekin juda qadrlanadi.

8. Faqat tinglovchi kerak bo‘lgan bir paytda, ko‘pchilik shifokorni chaqiradi.
9. Hech kim men yoki siz bilan qiziqmaydi. Ertalab, peshinda va tushdan keyin ham ular faqat o‘zlari haqida qayg‘uradi.

10. Inson o‘zi bilan urush holatida bo‘lsa, o‘shanda u bir narsaga arziydi.
11. Shubhasiz, eringizning kamchiliklari bor! Agar u avliyo bo‘lganida, hech qachon sizga uylanmagan bo‘lardi.

12. Yodingizda bo‘lsin: insonning ismi o‘zi uchun har qanday tilda eng yoqimli va eng muhim tovushdir.

13. Baxtli yoki baxtsizligimiz to‘g‘risida mulohaza qilish uchun bo‘sh vaqtimiz juda ko‘p, baxtsizliklarimizning siri ham shunda.

14. Oqil inson uchun har kuni yangi hayot boshlanadi.
15. Insonning ertangi kuni bugundan boshlanadi.

16. Hujum qiladigan dushmanlardan emas, sizga xushomad qiladigan do‘stlardan qo‘rqing.
17. Qo‘rquv sizning ongingizdan tashqari boshqa joyda mavjud emas.

18. O‘zingizni baxtli insonlardek his qiling, shunda haqiqatan ham baxtli bo‘lasiz.

19. Biror narsani o‘rganishga bo‘lgan kuchli intilish muvaffaqiyatning 50 foizini tashkil etadi.
20. Dunyoda muhabbat qozonishning birgina usuli – uni boshqalardan talab qilmasdan va minnatdorchilikka umid qilmasdan ulashishdadir.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.