Psixosomatika: Kasalligingiz sabablari to‘g‘risida tanangiz beradigan ishoralar

Psixosomatika – bu oddiy so‘z emas, balki inson hayotini ham barbod qiladigan, ham yaxshi yo‘lga qo‘yadigan mexanizm. Aslida hamma narsa boshdagi fikrlardan kelib chiqadi. Demak, bizning barcha kasalliklarimiz u yoki bu tarzda fikrlashimiz, kayfiyatimiz, hissiyotlarimizga bog‘liq ekan.

Bugun psixosomatika insonning og‘riqli a’zolari to‘g‘risida nimani aytib berishi va uning sabablariga to‘xtalamiz.

Depressiya

Siz tushkunlikka tushdingiz, hech narsani xohlamayapsiz, hayotga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotdingiz. O‘zingizni kuchsiz qariya kabi his qilasiz, atrofingizda yaxshi narsa yo‘qdek. Bundan tashqari, siz doim ezilib yurasiz yoki biron bir narsadan xavotirdasiz.

Sabablari: ifoda etib bo‘lmaydigan g‘azab, badjahllik, umidsizlik.

Diabet

Sabablari aniq - oshqozon osti bezi gormoni yetishmovchiligi bilan bog‘liq surunkali kasallik. Ushbu gormon hujayralarga glyukoza yetkazadi. Keyin oziq-ovqatdan qonga o‘tib, to‘qimalarni energiya bilan ta’minlaydi. Insulin yetishmay qolsa, qonda glyukoza miqdori ko‘tariladi.

Sabablari: bitmas dard-alam, hayotdan zavqlana olmaslik, qilinmay qolgan ishlar hasrati.

Oshqozon kasalliklari

Bu yerda gastrit va oshqozon yarasiga to‘liq spektr mavjud. Bularning barchasining keyingi oqibatlari ham bor.

Sabablari: o‘zgarishlar oldidagi qo‘rquv, hayotga moslasha olmaslik.

Jig‘ildon qaynashi

Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar. Jig‘ildon qaynashi nimaligini bilmasangiz, siz juda ham baxtli insonsiz. Bu me’da shirasi keltirib chiqaradigan ko‘krak qafasi orqasida yoqimsiz hislar yoki yonish hissining paydo bo‘lishi.

Sabablari: cheksiz qo‘rquv, behuda tashvishlanish.

Ortiqcha vazn

Ushbu muammoning sabablari juda ko‘p va psixosomatika ularning muhim bir qismi. Siz stressni boshdan kechirganingizda majburiy ravishda haddan tashqari ovqatlanishga moyil bo‘lasiz – tashvishlaringizni yeb qo‘yganingizda yoki xuddi shu stress tufayli gormonal muvozanatingiz buziladi. Ortiqcha kilolar nafaqat estetik masala, balki sog‘likka ham zarardir.

Sabablari: biron bir maqsadga erishish uchun kuchi yetishmasligi va buning uchun o‘ziga qarata qilgan g‘azablanish, himoyasizlik tuyg‘usi, umuman, hech narsani his qilishni istamaslik.

O‘pka kasalligi

Bronxit, doimiy yo‘tal, o‘pkadagi og‘irlik. Siz shunchaki shamollagan bo‘lmasligingiz ham mumkin.

Sabablari: qattiq depressiya, hayotdan qo‘rqish, haqiqiy his-tuyg‘ulardan hafsalaci pir bo‘lish.

Bosh og‘rig‘i

Migren va boshqa shunga o‘xshagan “xursandchilik”lar bezovta qilib, ishga e’tiboringizni jamlashga imkon bermaydi va kunlik rejalaringizni barbod qilishi mumkin.

Sabablari: itoat qilishni yoqtirmaslik, organik ravishda o‘zi istamagan ishni qilish.

Angina

Tomoq og‘rishi, yuqori isitma. Eng yomoni, bunday vaziyatda ovqat yutish u yoqda tursin, suv ichish ham jiddiy sinov bo‘lib ko‘rinadi.

Sabablari: o‘zingizni ifoda etish istagi va buni qila olmaslik. Nutqingizning “odob-axloqi”ni doimo nazorat qilib turish zarurati.

Astma

Hayotni qiyinlashtiradigan nafas olish muammolari.

Sabablari: tushkunlik, yig‘lash zarurati.

Uyqusizlik

Siz charchagansiz, uxlashni xohlaysiz. Lekin yarim tunda u yoqdan bu yeqqa ag‘anaysiz yoki uxlaganda ham chala uxlaysiz.

Sabablari: qo‘rquv va doimiy aybdorlik hissi.

Saraton

Juda ham jiddiy kasallik. Nima bo‘lsa ham unga chalinmaslikka harakat qilish kerak.

Sabablari: nafrat yoki eskirib ketgan xafagarchilik. Siz yashirgan sir, undan xalos bo‘lishni orzu qilasiz, lekin uddasiddan chiqmaysiz.

Yurak kasalliklari

“Motor”ingiz ishlashi susayyapti, atrofida og‘riq sezdingiz - o‘zingizga bu harakatsiz turmush tarzi asoratlari deb aytishga shoshilmang. U ham aybdor, lekin boshqa sabablar ham yo‘q emas.

Sabablari: hissiy muammolar, xursandchilik tanqisligi, boshqalarga sovuq munosabatda bo‘lish, doimiy stress.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.