Psixosomatika: Qanday qilib ko‘rinmas narsa inson hayotini buzadi?

Ba’zida inson tanasi kasalliklarga moyilbo‘lib qoladi. Hech narsa yuz bermayotgan bo‘lsa-da, yo‘q joydan yuragingiz og‘riydi, oshqozoningiz ishlamay qo‘yadi yoki belingiz go‘yoki vagondagi yuklarni tushirib qo‘ygandek zirqiraydi...

Ilm-fanning aytishicha, inson fikrlari va his-tuyg‘ulari shunchalik kuchliki, ular sog‘liqqata’sir qilmasdan qo‘ymaydi. Tana tom ma’noda “Ey, do‘stim, bizda muammo bor!”, degan signal beradi. 

Bugungi maqolada his-tuyg‘ular qanday qilibkasalliklarga aylanishi mumkinligi va nima qilish kerakligi haqida so‘z yuritiladi.

Psixosomatika inson ongi va tanasi o‘rtasidagi ko‘prik, ammo ba’zida bu ko‘prik ag‘nab ketgudek bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, bu - stress, tashvish yoki to‘planib qolgan xafagarchiliklar jismoniy jihatdan namoyon bo‘ladigan mexanizm. Quyida psixosomatik kasalliklarning “tepki qurollari” va sabablari keltirilgan.

Masalan, hamkasbingizdan xafa bo‘ldingizmi,migrenga duchor bo‘lasiz. Fikr-u xayolingiz faqat pul topish ekan, sizga uyqusizlik va gastrit hamrohlik qiladi. Yoki doimiy ravishda menqilishim lozim holatida yursangiz - bel og‘rig‘idan sizga salomlar.

Xo‘sh, yana qaysi kasalliklar ko‘pinchapsixosomatik hisoblanadi?

* Psixosomatik tibbiyotda ko‘z ko‘rishi bilan bog‘liq muammolar insonning biror narsani ko‘rishni istamasligi va rad etishi bilan izohlanadi.

* O‘pka kasalliklari bilan bog‘liq kasalliklar o‘zini xavfsiz his qilmaydigan odamlarga xosdir, ular boshqalarga qaraganda zaifroq. O‘z salbiy his-tuyg‘ularini boshqara olmaydigan bu odamlar boshqalar bilan muloqot qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelishadi, ular o‘z harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga qodir emaslar va buni xohlamaydilar.

* Bostirilgan his-tuyg‘ular: fikrlarini ochiq ifoda etmaydigan yoki buzg‘unchilik (pismiqlik)kabi xususiyat egalari tanasidagi alomatlar siydik pufagining yallig‘lanishi orqali namoyon bo‘lishi mumkin.

* Aybdorlik va uyat hissi. Tana o‘rinsiz nimadir deb qo‘yib, keyin pushaymon yeb yuradigan kishiga ham shunga mos ravishda javob beradi va uni ichkaridan yeydi. Ushbu xosiyat kasalmand ozg‘inlik egalariga xosdir.

* O‘zini har tomonlama mukammal qilib ko‘rsatish istagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyqusizlikkayo‘ldir. Doimiy fikrlar oqimi miyaga o‘zinio‘chirib qo‘yishga imkon bermaydi.

* Teri kasalliklari. Ekzema yoki psoriaz kasalliklari ortiqcha hissiy emotsional yuk tufayli yuzaga kelishi mumkin.

* Qandli diabet. So‘zma-so‘z shakarning oqib chiqishi” deb tarjima qilinadi. Xursandchilik va zavq tanada saqlanmasdan uni tark etadi. Bunday qayg‘uga nima sabab bo‘lishi mumkin? Albatta,xafachilik! Shuningdek, surunkali stress va mojarolar, doimiy zo‘riqish, ishonchsizlik vakerakli bo‘lish mumkinligiga shubha, ochlik va qarovsiz qolish hissi. Bu diabetik odamlar hayotifonida doimo mavjud his-tuyg‘ulardir.

 

Psixosomatika dushman emas, balki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir

- Tanangiz sizga yordam berishga harakat qilmoqda, lekin u buni juda eksentrik tarzda qiladi, - deydi mutaxassislar. - Alomatlarni e’tiborsiz qoldirish o‘rniga, ularning sabablarini tushunishga harakat qiling. Ba’zan tanangizga bir oz e’tibor, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va uni tinglashni o‘rgana bilish kerak.

Shunday qilib, siz yo‘q joydan keladigan kasalliklardan qutulish kerak, deb qaror qildingiz. Ajoyib! Buning uchun bir necha qadamlar mavjud:

1. Tana va his-tuyg‘ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tan oling. Xabardorlik bu masala yechiminingboshlanishi.

2. Dam olishni o‘rganing. Jismoniy mashqlar, sevimli mashg‘ulotlar, do‘stlar uchrashuvi – miyangizdan muammolarni haydab chiqarishgayordam beradi.

3. Hissiyotlarni ifodalang. Jahlingiz chiqdimi? Fikr bildiring. Chiqmadimi?Yostig‘ingizga baqiring. Xafamisiz? Yig‘lab oling. Salbiy tuyg‘ularni to‘plamang.

4. Ruhshunosga uchrashing. Psixosomatika bu giyohlar ichsa, barchasi o‘tib ketadi degani emas. Ba’zan ichki tuyg‘ularni ochish uchun sizga professional yordam kerak.

5. Birovdan kamchilik izlash va bu haqda boshqalarga gapirishdlan yiroq bo‘ling! Uning o‘rniga ibodat qiling.

5. Tanangizga g‘amxo‘rlik qiling. Sog‘lom fikr, sog‘lom uyqu va to‘g‘ri ovqatlanish har qanday davolanishning asosidir.


Yodingizda  bo‘lsin: har birimiz biroz psixosomatikmiz. Asosiysi, u yordam so‘rashini kutmasdan tanangizni o‘z vaqtida eshita bilishingiz va uni qutqara olishingizda. Buninguddasidan chiqasiz!

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.