Pulingiz ko‘p bo‘lsa ham...

Ko‘pchilik baxt deganda pulning ko‘p bo‘lishini, shohona yashashni, dabdabali hayot kechirishni tushunadi. Aslida dunyoda puli ko‘p insonlar juda bisyor. Ammo ularda xotirjamlik, halovat yo‘q.
Pulingizga taom sotib olishingiz mumkin. Ammo to‘yish hissini sotib ololmaysiz.
Pulingizga dori sotib olishingiz mumkin. Lekin shifoni sotib ololmaysiz.
Pulingizga divan sotib olishingiz mumkin. Biroq uyquni sotib ololmaysiz.
Pulingizga uy sotib olishingiz mumkin. Lekin xotirjamlik sotib ololmaysiz.
Pulingizni mahrga berib bir qizga uylanishingiz mumkin. Ammo muhabbat, bir-birini tushunish va baxtni sotib ololmaysiz.
Pulingizga shuhratni sotib olishingiz mumkin. Biroq ehtiromni sotib ololmaysiz.
Pulingizga kitoblar sotib olishingiz mumkin. Ammo fahm-farosat, madaniyat va hikmatni sotib ololmaysiz.
Bir milliarder uzoq yillardan beri taom mazasini sezmasligi ko‘p aytiladi. Qani, imkoni bo‘lsa, pullarini sarflab, ta’m bilish sezgisini sotib olsinchi! Yo‘q, ololmaydi!
Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi.