Qadimgi Misrda yovuz ruhlar bo‘lganmi?

“Misr ruhlari” haqida bahs-munozaralar qariyb bir asrdan buyon davom etib keladi. Ba’zilar dafnalarni tadqiq qiluvchi tadqiqotchining o‘limini shunchaki tasodif hisoblaydi. Boshqalar esa «Yo‘q, bu dafnalarda asrlar davomida tinchgina mudrab yotgan bakteriyalarni bezovta qilinganida», deydi.

Nima bo‘lganda ham hozirgi asrga kelib ehromlarni o‘rganuvchi misrshunoslar, qadimgi Misr ruhi mavjud va uning nomi «Radiatsiya», degan fikrga keldilar. Darvoqe, hozirgi davrda Misrda keng tarqalgan qon rakini odatda radiatsiya bilan nurlanish keltirib chiqarayotgani aniqlangan.

Dafnalarga qaytamiz. Xo‘sh, asriy qabrlarda radiatsiya qayerdan paydo bo‘lgan?

Ma’lum bo‘lishicha, Misrda uran qoni mavjud ekan. 2013 yilda aniqlangan bu joyda hozir qazishma ishlari olib borish boshlanyapti. Biroq Fir’avnlar davrida uran qazish olib borilmagan. To‘g‘ri, sariq kukun (tabiiy holatda uran shunday) atom va yadro bombalari ishlab chiqarishga ishlatilmagan, undan… non tayyorlashda foydalanilgan. O‘sha paytda odamlar «Xudo Osiris bunday nonni yaxshi ko‘radi», deb hisoblashgan.

Uran kukuni maxsus xumlarda, devor orasida suvoq ostida saqlangan. Qadimgi Misr yozuvlari tadqiq qilinganda aniqlanishicha, Osiris shunday nonlarni yegan, keyin esa o‘zidan dafnalarni qo‘riqlovchi “ruhlar” chiqargan.

 T.Shomurodov tayyorladi.