Qadimgi odamlar qishda qanday qilib jon saqlagan?

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, qattiq qishlardan omon qolish uchun neandertallar qish uyqusiga ketishgan. Ushbu gipoteza olimlar tomonidan Ispaniyaning shimolidagi qadimiy ommaviy qabrda topilgan suyaklar tahlilidan so‘ng ilgari surilgan. Bu o‘rganishlar L’Antropologie jurnalida chop etilgan.

Неандертальцы. О глазах и глазницах | ВКонтакте

Qoldiqlarning yoshi 400 ming yil deb taxmin qilingan. Olimlarning ta’kidlashicha, topilgan suyaklarning o‘sish jarayoni har yili bir necha oy davomida to‘xtatilgan. Suyaklar g‘or ayiqlari kabi qish uyqusiga ketadigan hayvonlar suyaklarining tuzilishiga o‘xshaydi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Sima-de-Los g‘orining tevaragi qadimgi odamlarni sovuqda omon qolishi uchun yetarlicha oziq-ovqat bilan ta’minlay olmagan. Olimlar qish uyqusi odamlarning jon saqlashi uchun yagona usul bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi.

Avvalroq, Italiyadagi Boloniya universiteti olimlari iqlim o‘zgarishi sababli neandertallar yo‘q bo‘lib ketgan, degan taxminni rad etishgan edi. 42-45 ming yil oldin Murge yassiligida neandertallar yashagan, ular unchalik uzoq vaqt davom etmagan qurg‘oqchiliklarni boshidan kechirgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.