“Qamchiq” dovonida haydovchilarga bepul muzqaymoq tarqatilmoqda
Namangan viloyat IIB YHXB yo‘llarda baxtsiz holatlarning oldini olishning yangi usulini o‘ylab topishdi. Jazima kunlarda haydovchilarga yengillik bo‘lishi maqsadida “Qamchiq” dovoni inspektorlari yo‘lovchi haydovchilarga bepul muzqaymoq tarqatmoqda. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Soha xodimlari haydovchilarning hushyorligini oshirishga umid qilmoqda, deya xabar beradi Namangan viloyat IIB.
Shu kabi harakat “Qamchiq” dovonida aprel oyida boshlangan edi, ya’ni yo‘lda charchagan haydovchilarning hushyorligini oshirish maqsadida inspektorlar tomonidan qahva yoki achchiq choy tarqatish yo‘lga qo‘yilgandi.