Qanday holda ekologik kompensatsiya to‘lanadi?

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan tadbirlar davomida nodir va qimmatbaho metallarni qazib olish, konlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha Janubiy kon boshqarmasiga (JKB) qarashli Qo‘shrabot tumanidagi G‘ujumsoy koni 1-shaxtasidan hosil bo‘ladigan oqava suvlar atrof-muhitga tashlanayotganligi aniqlandi.

Bu esa o‘z navbatida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan qo‘shimcha ekologik kompensatsiya to‘lovi to‘lanishi lozimligini anglatadi. Ayni paytda mutasaddilar tomonidan tegishli tartibda qonun talablari asosida nazoratga olish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.