Qariyb 3 million so‘mlik noqonuniy sotilayotgan pirotexnika vositalari musodara qilindi
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari pirotexnika vositalarining farzandlarimizning sog‘ligi uchun zararli va salbiy oqibatlari to‘g‘risida profilaktik ishlar hamda noqonuniy aylanmasini oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi reyd tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.
Xususan, Samarqand shahrida "Yangi bozor" avtovokzalida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan umumiy qiymati 650 ming so‘m bo‘lgan 5 quti "Treniya" nomli "bombochka" sotilayotgani aniqlangan.
Shuningdek, Bulung‘ur tumanidagi avtovokzal yaqinida joylashgan restoranda 20 yoshli fuqaro U. E. va 19 yoshli fuqaro A. U. lar qo‘lga olinib, ulardan umumiy qiymati 2 mln. 280 ming so‘mlik "Britanik" nomli pirotexnika vositalari musodara qilindi.