Qarzdor MChJning beton aralashmasi tayyorlaydigan avtomashinasi xatlandi
- 13.05.2024 12:20
- 168
- Iqtisodiyot
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar “T.A.L.” MChJga javobgar “Sh.O.O” MChJdan uning lizing to‘lovlari uchun muddati o‘tgan 687,3 million so‘m qarz, 300 million so‘m penya hamda 82,3 million so‘m miqdoridagi davlat bojini to‘lashi zarurligi belgilangan.
Biroq qarzlar o‘z vaqtida to‘lanmagach, beton aralashmasi tayyorlaydigan avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.
"Ushbu mashina MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan va vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan", deya xabar bermoqda MIB viloyat boshqarmasining qidiruv shu’basi inspektori Erkin Ma’rupov.
Teglar:
qarzdorlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa