Qaysilarida bepul, qaysi shifoxonalarda pullik test topshirish mumkin?
Bugungi kunda koronavirus yuqtirgan yoki yuqtirmaganligini bilish maqsadida test topshirish ilinjidagi fuqarolar soni ko‘paymoqda. Test topshirish uchun o‘tgan yili laboratoriyalar soni sanoqli edi. Bu yil ularning soni yana oshdi.
Quyida viloyat miqyosida aholi test topshirishi mumkin bo‘lgan shifoxonalar ro‘yxatini keltiramiz:
- Samarqand viloyati sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi. Ya’ni viloyat SES;
- Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shahar, Payariq, Samarqand, Urgut tumani sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarida aholi bepul tarzda virusga chalingan yo chalinmaganliklarini aniqlashi mumkin.
Bir qator xususiy klinikalar:
- «Neo vita» tibbiyot markazi;
- «Parizoda medical servis»;
- «Inexlab» MChJ;
- Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-sonli klinikasi;
- «Medexpert»;
- “Gamma med clinic” UK;
- «Innova»;
- “Samarqand tibbiyot diagnostika” kabi klinikalarda pullik asosda test topshirish imkoniyati mavjud.