Qibrayda bir oilaning 16 a’zosi is gazidan zaharlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumani «Alisherobod» mahallasidagi xonadonlarning birida 1 dekabr kuni tongda, soat 5:30 larda bir oilaning 16 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentidan xabar berishlaricha, is gazidan zaharlanganlarning 11 nafari bolalar. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q.

Xabar berishlaricha, hodisa joyida voqea sabablarini aniqlashi lozim bo‘lgan tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. «Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi», deyiladi departament axborotida.