Qirg‘izistonda rus tilini rasmiy maqomdan mahrum etish taklif qilindi

Qirg‘izistonning Konstitutsiya kengashida rus tilini rasmiy maqomdan mahrum etish taklif qilindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi. 

Kengash a’zosi, jamoat arbobi Sadirdin Toraliyev qirg‘iz tilini rasmiy til maqomida qoldirishni, “qolgan tillarni esa boshqa qonunlar bilan rivojlantirishni” taklif qildi.

“Rus tilining maqomi rasmiy. Biz unga o‘rganib qolganmiz va bog‘langan it kabi u bilan birgamiz. Bunday bo‘lishi kerak emas”, dedi u. 

Toraliyevning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar qirg‘iz tilida so‘zlashmay qo‘ygan. Hech kim qirg‘iz tilini o‘rganmayapti. Sababi bunga ehtiyoj yo‘q, o‘sha ehtiyojni barpo etish zarur. Faqat shundagina barcha qirg‘iz tilini o‘rganishni va qirg‘izcha so‘zlashishni boshlaydi.