Qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi milliarderga aylanishdi

Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng yangi unvonlarga ega bo‘lgach, milliarderga aylanishdi, deb yozadi Britaniyaning Daily Star gazetasi manbalarga tayanib.

Yelizaveta II vafotidan so‘ng Uilyam Kornuel gersogi unvonini darhol meros qilib oldi va hozir Kornuell va Kembrij gersogi, Keyt esa Kornuell va Kembrij gersogi hisoblanadi. 9 sentyabr, juma kuni Britaniya qiroli Karl III o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi, rafiqasi Keytni esa Uels malikasi deb e’lon qildi. Bu oxirgi marta Uilyamning onasi - malika Dianaga nisbatan ishlatilgan tituldir.

Gazetaga ko‘ra, yangi unvonlarni olganidan so‘ng, shahzoda Uilyamning boyligi hozirda 1,1 milliard funtga baholanmoqda. Kornuell gersogi va Kornuell gersoginyasi unvonlarini olish Uilyam va Keyt katta miqdordagi yer, o‘rmon, daryolar va aktivlarni meros qilib olishlarini anglatardi, deb yozadi gazeta.

Hozirda Uels shahzodasi va malikasi Angliya va Uelsning 20 ta okrugida 128 ming gektarga yaqin yerga egalik qiladi, ularning bir qismiga Dartmur milliy bog‘i ham kiradi, deb yozadi nashr manbalarga tayanib.

Bukingem saroyi 8 sentyabr kuni mamlakatni 70 yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiyada 96 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Britaniya tarixidagi eng keksa monarxga aylangan Yelizaveta birinchi bo‘lib o‘zining 70 yillik Platina yubileyini nishonladi.