Qirq sakkiz yoshli urgutlik fuqaro birinchi marta pasport oldi
- 26.06.2019 17:36
- 198
- Samarqand
Sayyor qabul va uyma-uy yurishlar davomida Urgut tumanidagi Oqmasjid mahallasida istiqomat qiluvchi 14 yoshli, voyaga yetmagan Tursuntosh Turonovaning oilaviy sharoitlari og‘irligi sababli otasi Muhammadi Sharipovga fuqarolik pasporti, o‘zi va 2 nafar ukasiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olishga yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganilib chiqildi.
Urgut tumani adliya bo‘limi tomonidan davlat boji to‘lovlari homiylik asosida amalga oshirilib, uning otasi M.Sharipovga birinchi marta fuqarolik pasporti olib berildi. T.Turonovaning o‘zi va ukalariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tayyorlanib, Urgut tumanidagi 1-son Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga topshirildi va nazoratga olindi.
Xosiyatxon Abduraxmonova,
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.