Qirq yil uxlamagan odam

Venger askari Pol Kern Birinchi jahon urushi boshlanganidan bir yil o‘tib, boshidan yaralandi. Og‘ir jarohat olgan Kern tirik qoldi va hatto tuzalib ham ketdi. U eshitish va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmadi, lekin uxlay olmasdi.

Kern Vengriyaning dushman pozitsiyalariga hujumni boshqargan elita zarba qo‘shinlarining a’zosi edi. 1915 yildagi hujum paytida o‘ng chakkasidan boshiga kirgan o‘q uni yiqitdi. Tirik ekanligidan nishon bergan askar tezda Lemberg kasalxonasiga olib ketildi.

O‘q miyaning keng ko‘lamli faoliyati, jumladan, harakat, rejalashtirish, his-tuyg‘ular, muammolarni hal qilish va boshqalar uchun javob beradigan peshana (manglay) ulushini yo‘q qilib yubordi. Miyaning bu qismi xatti-harakatlar va his-tuyg‘ularni nazorat qilish markazi hisoblanadi, unga yetkazilgan zarar noxushalomatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, o‘shanda askar boshining shikastlanish hodisasi ilmiy anomaliya bo‘lib qoldi.

U boshqa uxlamadi

Jarohatidan uyg‘onib, u uxlash qobiliyatini yo‘qotganini darhol anglab yetmadi. Oradan ko‘p o‘tmay Kern harbiy xizmatni tark etib, tinch hayotga qaytdi. Unda nafaqat uxlash qobiliyati, balki uxlash istagi ham yo‘q edi. Kunlari odatdagidan sakkiz soatga uzaydi, bu ham marhamat, ham la’nat edi.

Avvaliga Kern o‘zini majburlab uxlashga urindi, lekin bu urinish uni hushyor yurgan paytidan ko‘ra ko‘proq charchatdi.

Uyqu ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan sog‘lom tanani saqlash uchun juda muhimdir. Uyqu vaqtida tana hayotiy tizimlarni, shu jumladan miyani tiklaydi. Uyquning yetishmasligi tananing sog‘lig‘iga katta ta’sir ko‘rsatishi va hatto gallyusinasiyalar va shaxsiyatning to‘liq o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Bularning hech biri Kern uchun muammo emas edi, u uxlamasdan normal hayot kechira oldi va unda hech qachon salbiy ta’sir kuzatilmadi. Kern bo‘sh vaqtlarini kitobxonlik va yaqinlari bilan o‘tkazishga bag‘ishlardi va kunida taxminan bir soat davomida ko‘rish nervlarini tinchlantirish uchun ko‘zlarini yumib dam olardi, yo‘qsa bosh og‘rig‘iga duchor bo‘lardi.

Tabiiyki, ko‘plab shifokorlar Kernning da’volariga shubha bilan qarashdi, lekin u butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib uni tekshirmoqchi bo‘lgan har qanday shifokorlarni taajjubda qoldirdi.

Shifokorlar kun davomida uning o‘zi ham bilmagan holda mikro uyquga ketishini taxmin qilishdi. Lekin hech kim hech qachon uni uyg‘oqholatdan tashqari mizg‘ib olganini ham kuzatganemas.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.