Qiziqarli geografiyadan qiziqarli ma’lumotlar
- Dunyoda eng ko‘p ko‘prik Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qurilgan. Ular soni hozirda 539 tani tashkil etadi.
- Chumolilar o‘z uyini isitish uchun, oldin oftobga chiqib isinib oladilar va shu tanadagi issig‘i bilan yugurib uyasiga kirib inlarini isitadilar. Indagi harorat tashqaridagi haroratdan 10 daraja yuqori bo‘lar ekan.
- Dunyoda guruchning 7 ming xili mavjud ekan. Biz bozorlarimizda atigi 6-7 xilini bilamiz.
- Xitoy mamlakatining 90 million kishisi Li familiyasida yurar ekan.
- 100 gramm asal yig‘ish uchun asalari Yer sharidagi ekvator uzunligidan ortiqroq masofani, ya’ni 46000 kilometr masofani bosib o‘tar ekan.
- Qushlarning iniga mabodo qo‘l tekkizsangiz, bu uyga keyingi safar qaytib kelmas ekan.
- Oddiy qurbaqa umri davomida pashsha va chivinga qiron keltirib, ularning 3 tonnasini ushlab olar ekan.
To‘plovchi: Fayzulla ISMOILOV.