Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Qizlarjon» sammiti: xorijda maqolasi chiqqan, qoraqalpoq tilida lug‘at tuzgan va bir oyda ming AQSh dollari miqdorida pul topadigan qizlar...

Xabaringiz bor, Samarqandda respublika miqyosida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti o‘tkazilmoqda. Unda respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iqtidorli qizlar ishtirok etmoqda. 23 mart kuni boshlangan sammitning dasturi rang-barangligi va zamonaviy mavzulari bilan e’tiborni tortadi. Xususan, zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tatbiq etish usullari, amerikalik mutaxassislar tomonidan maqsadlarga erishish uchun treninglar, qizlarning xotin-qizlar qo‘mitalari rolida ishtirok etishi kabilardir. Shuningdek, qizlar Samarqand viloyatidagi qator ishlab chiqarish korxonalarida ham bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ishtirokchi qizlar bilan suhbatlasharkansiz, turli sohalarda erishgan yutuqlaridan faxrlanasiz. Xususan, ular orasida xorijda maqolalari chop etilgan, nafaqat ingliz, balki xitoy, koreys va boshqa tillarda so‘zlashadigan qizlar ham bor.

- Sammitning turli mavzularga boy o‘tgani, zamonaviy loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda xorij universiteti o‘qituvchilarining interaktiv darslari menga manzur bo‘ldi, - deydi  Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 14-maktab o‘quvchisi Umida Xudoyberdiyeva. - O‘zim maktabda tahsil olish bilan birga xitoy tilidan o‘quv markazida dars beraman. Qizig‘i, xitoy tilini mutlaqo bepul o‘rganganman. Onam tumanimizda joylashgan, xitoyliklar bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxonada oshpaz bo‘lib ishlardi. Yordam berishga borib, na o‘zbek va na rus tilidan xabardor xitoyliklardan bu tilni o‘rgandim. Ayni paytda ularga tilmochlik qilaman. Qolaversa, tilni o‘rganish niyatidagi yoshlar ko‘p, ammo mutaxassislar bo‘lmagani uchun darsdan bo‘sh vaqtimda ularga dars o‘taman. Oyiga o‘rtacha 1000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ topaman. Rejalarim katta. Maqsad sari intilishimda bu sammitning o‘rni ahamiyatli.

Ayni paytda viloyat Yoshlar markazida anjumanning yakuniy qismi boshlandi.

Saytimizni kuzatib boring.

Gulruh Mo‘minova.