Qochoq prezidentlar qayerda yashayapti?

Ukrainaning sobiq eks-prezidenti Viktor Yanukovich 7 yildirki, Rossiyada boshpana topgan. Boshda Rostov yaqinida joylashgan posyolkadagi uyda yashagan, keyinchalik Podmoskovega ko‘chib o‘tgani haqida xabar tarqaldi.

Qirg‘izistonda xalq noroziligi tufayli mamlakatni tark etgan prezident Asqar Akayev 2005 yilda Moskvaga kelgan. Hozir Tashqi iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasini boshqaradi. Qirg‘izistonning yana bir sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev esa hozirda Belorussiyada qo‘nim topdi. Qirg‘iz eks-prezidenti Almazbek Atambayev muhojirlikni ma’qul ko‘rmadi.

Gruziya eks-prezidenti Mixail Saakashvili vatanida korrupsiyada ayblanganidan keyin Ukrainaga qochib o‘tib, siyosat bilan shug‘ullandi, Odessa oblasti boshlig‘i, prezident maslahatchisi bo‘lib ishladi. Hozirda milliy islohotlar ijroiya qo‘mitasini boshqaryapti.

Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qochoq hukmdorlar ko‘p bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Chernogoriyada Tailand eks-bosh vaziri Taksin Chinavay panoh topgan. U 2006 yilda harbiylar tomonidan huukmatdan ketgan, keyinchalik korrupsiyada ayblangan.

Deyarli barcha “qochoq”larga o‘z umrini musofirlikda yashab o‘tish nasib etmoqda. 2003 yilda ag‘darilgan Liberiya prezidenti Charlz Teylor uch yil Nigeriyada suddan yashirinib yurgan. Ammo undan qochib qutula olmadi. Sud qilinib, 2013 yildan Britan turmasida muddatni o‘tadi.

«Arab to‘lqini» chog‘ida hokimiyatni boy bergan Tunis prezidenti Zin al-Abidin Ben Ali vatanida umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Ammo qochib Saudiya Arabistonida siyosiy boshpana topdi va 83 yoshda kasalxonada vafot etdi.

«AiF» (2020 y 36-son) asosida T.MUROD tayyorladi.