Qo‘lingizdan keladigan 20 ta foydali ish
Sog‘lom turmush tarziga erishish uchun psixologlar quyidagi 20 ta foydali ishni kun tartibiga kiritishni tavsiya etishgan:
- Doim bir xil vaqtda uxlang, bir xil vaqtda uyg‘oning.
- Nonushta, tushlik, kechki ovqatni har kuni bir vaqtda tanovul qiling.
- Bir sutkada 8 soatdan ko‘p uxlamang.
- Yotishdan oldin bir oz piyoda yuring, toza havodan bahramand bo‘ling.
- Kun davomida kamida 1,5 litr suv iching.
- Har kuni meva-sabzavotlar yeng.
- Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching.
- Kun davomida kompyuterdan 2 soatdan ortiq foydalanmang.
- Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering.
- Saharda yuguring yoki piyoda yuring.
- Sport bilan shug‘ullaning.
- Tabassum qiling.
- Har kuni 5 ta yangi so‘z o‘rganing.
- Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching.
- Ertalabki badantarbiyani kanda qilmang.
- Har kuni yangi narsa o‘rganishga harakat qiling, bugungi kuningiz kechagisidan farq qilsin.
- Har kuni kamida 10-15 sahifa kitob o‘qing.
- O‘zingizda sabr-qanoat fazilatini shakllantiring.
- Insonlarga chiroyli muomalada bo‘ling.
- Faqat yaxshi niyat qiling.