Qonunbuzarning naqd xorijiy valyutalarni olib chiqish rejasi chippakka chiqdi
- 24.09.2019 10:52
- 97
- Jinoyat va jazo
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro S.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxsning yonida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 10660 AQSh dollari borligi aniqlandi.
DBQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
valyuta
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa