Qorbobo va Qorqiz kim? Yangi yilning asosiy qahramonlari qanday paydo bo‘lgan?

Bir qop sovg‘a osib olgan saxiy Qorbobo va uning xushchaqchaq nabirasi Qorqizni kim bilmaydi, deysiz. Ammo ular har doim ham shunday bo‘lganmi?

Yangi yilning sehrgar obrazi bir necha asrlar davomida afsona va ertaklar asosida shakllangan. Masalan, slavyan miflarida Qorbobo - butparast xudo Karachun yoki ayozning yovuz ruhi bo‘lsa, keyinchalik oqlik, saxiylik, mehribonlik timsoliga aylangan. Qorbobo archa bobo, oq bobo, ayoz bobo deb atalgan.

Uning sovg‘a ulashuvchi mehribon bobo qiyofasi XX asr boshlarida shakllandi. An’anaviy Qorbobo oq mo‘ynali uzun qizil palto kiydi, qo‘liga sehrli tayog‘i, yelkasida bir qop sovg‘asi bor.

Qorboboga, albatta, Qorqiz hamrohlik qiladi, uning obrazi XIX asrda adabiyot, musiqa va san’at tufayli yuzaga keldi. Adabiy cho‘qintirgan otasi - Aleksandr Ostrovskiy. 1873 yilda xuddi shu nomdagi spektaklda qor qiz obrazini yaratgan ham aynan u.

U yerda Qorqiz oppoq yuzli, oq-sariq sochli qiz bo‘lib namoyon bo‘ladi. Keyinchalik Qorqizning ko‘rinishini rassomlar detallashtirib, qizda ko‘k mo‘ynali ko‘k shubacha, yorqin va yengil sarafan kiygizishdi.

Qorbobo hamroh qiziga mehr bilan "nabiram" deb murojaat qilar, qiz uni "bobo" deb chaqirardi. Shu tariqa, hamma Qorqizni uning nabirasi deb qabul qildi.

Ular birinchi marta 1937 yil Yangi yil bayramida birga paydo bo‘lgan va bugungi kungacha Yangi yilning asosiy qahramonlari bo‘lib qolmoqda.

Qorboboning butun dunyo bo‘ylab hamkasblari bor: AQShda - Santa Klaus, Fransiyada - Per, Noel, Finlandiyada - Yollupuk.