Qo‘shrabot tumani hokimiga nisbatan hayfsan e’lon qilindi
- 04.09.2024 20:50
- 50
- Samarqand
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shrabot tumani hokimining ayrim xodimlarni haqorat qilganligi yuzasidan audio yozuv tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan munosabat bildirildi.
“Internet tarmog‘ida Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning ayrim xodimlarni haqorat qilganligi yuzasidan audio yozuv e’lon qilindi. Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli mas’ullari tomonidan aniqlik kiritildi.
Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Qo‘shrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan «Hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Teglar:
Qo‘shrabot tumani hokimi