Qo‘shrabotda yer maydoni olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
- 26.03.2025 19:24
- 528
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.I. fuqaro U.T.ning ishonchiga kirib, “Ota” mahalla fuqarolar yig‘inidagi davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 100 million so‘mga sotishga kelishgan.
Hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishini va’da qilib, kelishilgan pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
noqonuniy yer sotish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarning mushugi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Bugun, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo