Yerni noqonuniy rasmiylashtirishni va’da qilgan kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
- 13.06.2023 17:59
- 367
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlardan birida davlat kadastr palatasi Samarqand shahar filiali kadastr muhandisi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. mahalliy fuqaroga Samarqand shahridagi 24-umumiy uyda joylashgan avtoturargoh hududidan kelgusida “omborxona” sifatida foydalanish uchun shu uy hovlisiga qo‘shib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan kelishilgan 1 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nafsi ko‘zlarini ko‘r qilgan kimsalarning taqdiri barchamizga o‘rnak bo‘lsin, “Halolning oshi shirin”.
Teglar:
noqonuniy yer sotish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy xizmat qachon, qanday rivojlanadi?
- Bugun, 10:40
- Jamiyat
Kamikadze qanday paydo bo‘lgan?
- Kecha, 18:46
- O'qing, qiziq!