160 ming dollarga begona tashkilot yerini sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 IIB xabariga ko‘ra, shu yilning 14 iyul kuni, fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. Aytilishicha, u tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘sh yer maydoni izlab yurgan vaqtida, Oqdaryo tumanida yashovchi ikki kishi Dahbed massivi hududida joylashgan MChJga tegishli 3 gektar yer maydonini o‘ziniki deb ishontirgan. Yerni 150 000 dollarga sotishini, 10 ming dollar evaziga tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga issiqxona uchun hujjat rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 40 000 dollar miqdoridagi pulni talab qilib kelgan. 

Shu kuni, Samarqand viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ikkala fuqaro ariza muallifidan 40 000 dollar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.