Samarqand tumanida zaxiradagi yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi
- 19.04.2023 16:56
- 245
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda fuqaro J.S. “O‘.T.” MFY hududidagi 6 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqarolar M.Q. va O.H.ga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilib, evaziga ularning 10 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 2 000 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
noqonuniy yer sotish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 32 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 36 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi