50 sotix yer maydonini 97 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
- 29.11.2023 12:08
- 768
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi hamda DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda shunday firibgarlik holati aniqlandi.
Unda fuqaro B.M. Urgut tumanidagi “Q.” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 50 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Z.I.ga 97 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 31 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
B.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Davlat kadastrlar palatasi Urgut tumani filiali bo‘lim muhandisi N.N. yuqoridagi yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.