Nurobodda yer sotish bilan bog‘liq yana bir holat fosh etildi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq 41 ta jinoyat fosh etilgan. Shu yilning o‘tgan davrida esa saytimizda bu haqda 10 ga yaqin xabar e’lon qilindi.

Qayd etish lozimki, viloyatimizda 500 gektardan ortiq yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

Nurobod tumanidagi holatda aniqlanishicha, Sh.R. o‘zi rahbarlik qilayotgan “Ch.M.” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar yer maydonini fuqaro D.S.ga 120 ming dollarga sotishga kelishgan.

U Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 60 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.